"Amir Temur" filmining oʻzbek tilidagi rasmiy treyleri e'lon qilindi

Markaziy Osiyoning eng mashhur hukmdorlaridan biri Amir Temurning shakllanishi haqidagi keng ko‘lamli sarguzasht drama — “Amir Temur” (global nomi “Tamerlan”) tarixiy filmining treyleri e’lon qilindi.
Film yosh Temurning yuksalish yo‘li haqida hikoya qiladi. Hikoya tomoshabinlarni XIV asr voqealari bilan tanishtiradi. Moʻgʻul imperiyasining qulashi mintaqani betartiblikka solgan hamda Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi muhim savdo arteriyasi boʻlgan Ipak yoʻli beqarorlikka botgan vaqt. Temuriylar imperiyasining asoschisi Amir Temur turadi. Xiyonat, ogʻir jarohatlar va shaxsiy yoʻqotishlardan omon qolgan qahramon hokimiyat tepasiga koʻtarila boshlaydi hamda asta-sekin oʻz davrining eng qudratli rahbarlaridan biriga aylanadi.

“Amir Temur” — bu hokimiyat, shuhratparastlik va buyuklikning bahosi haqidagi qudratli tarixiy epopeyadir. Film o‘z davridagi tartibsizliklarga qarshi chiqqan va tarixdan o‘chmas iz qoldirgan sarkardaning nozik va ko‘p qirrali qiyofasini gavdalantiradi.
Film AQSh, Oʻzbekiston va qozogʻistonlik ijodkorlar ishtirokida yaratilgan. Temur rolini Kristian Mortensen (“NCIS: Los Angeles”) ijro etgan. Amir Temurning turmush oʻrtogʻi rolini oʻzbekistonlik aktrisa Yulduz Rajabova oʻynagan. Filmning suratga olish jarayoni tarixiy aniqlikka qaratilgan: ijodkorlar Markaziy Osiyo davri liboslari, arxitekturasi va atmosferasini aniq qayta yaratish uchun mintaqa tarixchilari bilan hamkorlik qilgan.

Ikkinchi darajali rollarda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan aktyorlar, jumladan Jandos Aybasov, Yerkebulan Dayirov va Sanjar Madi ishtirok etgan.

Film rejissyori — bungacha “Iron Cowboy” va “The Chosen” seriali ustida ishlagan Jeykob Shvars. Ijroiya prodyuser va ssenariy hammuallifi sifatida “Kinoscopia Production” kompaniyasi asoschisi, tadbirkor Behruz Hamzayev ishtirok etgan.

Tryuklar sahnalashtirilishi bilan “Mulan”, “Marko Polo” va “The Expendables 2” kabi filmlarni yaratishda qatnashgan “Nomad Stunts” jamoasi shug‘ullangan.
Matbuot xabariga ko‘ra, filmni namoyish etish huquqi allaqachon 120 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga sotilgan. Ular qatorida MDH davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus), Yaqin Sharq (BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Misr va boshqalar), Yevropa (Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Turkiya), Osiyo (Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Mo‘g‘uliston), shuningdek, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari bor.
Film premyerasi 2-aprelga rejalashtirilgan.