"Moana" filmining toʻliq treyleri taqdim etildi
E’lon qilingan sana: · 504

Disney studiyaning eng muvaffaqiyatli animatsion filmlaridan birining jonli talqini boʻlgan “Moana” filmining birinchi toʻliq treylerini chiqarildi.
Moana o‘z xalqini qutqarish uchun Motunui orolini tark etadi va okean bo‘ylab xavfli sayohatga otlanadi. Bu safarda unga qadimiy kuchlarga qarshi kurashda yana ittifoqchisiga aylanadigan yarimxudo Maui hamrohlik qiladi.
Filmda Ketrin Laga’ia (Moana), Dveyn Jonson (Maui), John Tui (Chief Tui), Frenkie Adams (Sina) va Rena Ouven (Tala buvi) rollarni ijro etishgan. Filmga Tomas Kail rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa n Jared Bush va Dana LeDoux Miller yozishgan. Bastakor sifatida Lin-Manuel Miranda ham loyihaga qaytdi.
Film kinoteatrlarda 10-iyul kuni namoyish etiladi.