Jeyms Kemeron tez orada "Avatar 4" filmi ustida ish boshlaydi

“Avatar” franshizasining ijrochi prodyuseri Rey Sankini Screen Rant’ga bergan intervyusida to‘rtinchi film ustida ishlar tez orada boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Avatar” filmlarini ishlab chiqarish juda uzoq tayyorgarlikni talab qiladi, shuning uchun biz ham uni tez orada boshlashimiz kerak bo‘ladi", — dedi Sankini.
Mart oyi boshida Saturn Awards marosimida rejissyor Jeyms Kemeron ehtiyotkorona yondoshgandi.
“Agar mutlaqo aniq aytadigan boʻlsam, biz hali keyingi suratga olish ishlari haqida qaror qabul qilmadik. Ammo agar men suratga oladigan boʻlsam (katta ehtimol bilan men suratga olaman), biz albatta avvalgi uch filmdagi xatolardan sabor chiqaramiz”, — degan edi film rejissyori.
“Avatar: Fire and Ash” filmi jahon prokatida 1,485 milliard dollar yig‘di, shundan 404 millioni AQShga to‘g‘ri keladi. To‘rtinchi “Avatar” rasman 2029-yilda premyera qilinadi. Filmning ba’zi sahnalari allaqachon suratga olingan. Ta’kidlanishicha, syujetda vaqt sakrashi bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, uchinchi qism “Eng yaxshi vizual effektlar” boʻyicha Oskar mukofotini qoʻlga kiritgandi.