Yangi oʻzbekcha triller: "Dacha" filmi kinoteatrlarda koʻrsatilishiga ruxsat berilmadi

E’lon qilingan sana· 370
Yangi oʻzbekcha triller: "Dacha" filmi kinoteatrlarda koʻrsatilishiga ruxsat berilmadi

2025-yilning avgust oyida rejissyor Sunnat Namozov tomonidan triller-slesher janridagi “Dacha” filmining suratga olish ishlari boshlangandi. Kinokartina 2026-yilda tayyor boʻlishiga qaramay, rejissyorning soʻzlariga qaraganda, kinoteatrda qoʻyish uchun ruxsat berilmagan.

Filmining Instagram sahifasida 2025-yilning avgust oyida kinoning suratga olish ishlari boshlangani haqida xabar beriladi. Unda rejissyor “ish katta risk bilan boshlanganini”, ta’kidlaydi.

Kinokartinada rollarni Murod Nasimov, Behruz Madazimov, Otabek Rahmatullayev, Son Dasom, Fotima Berdiyeva, Kristina Rustamova, Yigitali Jovliyev ijro etgan. Shuningdek, aktyorlar tarkibiga Qozogʻistonning “Sheker” seriali yulduzi Azat Jumadil ham qoʻshilgandi.

Fevral oyi yakunida boʻlib oʻtgan “Xayr, fevral” dasturida chiqqan rejissyor Netflix uchun harakat qilinayotganini ma’lum qilgandi.

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

Biroq filmning Instagram sahifasiga 1-may kuni yuklangan videoda rejissyor kinoni kinoteatrlarda qoʻyishga ruxsat berilmaganini aytib oʻtdi.

“Dacha filmini kinoteatrda koʻraman deb, intiqib kutgan qadrli oʻzbek xalqim, ming afsuski “Dacha” filmimizni kinoteatrlarda qoʻyish uchun Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan, ekspertlar tomonidan ruxsat berilmadi. Buning sabablarini aytib yoki kimnidir yomon koʻrsatmoqchi emasman.

Shu narsani aytmoqchimanki, oʻzbek farzandi boʻlib, oʻzbek tomoshabinlari oʻzbek kontentini kinoteatrga borib koʻrishini xohladim. Bizning ham qoʻlimizdan yangi, yaxshi narsalar kelishini koʻrsatmoqchi boʻldim. Bu yerda asosiy maqsad pul ishlash boʻlganda, ikki oy oldin kinoni koʻrsatgan boʻlardim. 1,5−2 oy davomida shu filmni kinoteatrda oʻzbekistonliklar koʻrishi uchun qayta-qayta ekspertlarga appelyatsiya berish uchun vaqt ketdi. Buni koʻpchilik toʻgʻri tushundi, aldayapsan, qoʻymayapsan, deb notoʻgʻri tushundi. Oʻzimizdan oʻtganini oʻzimiz bilamiz.

Filmning idealogiyasini tushuntirib berolmadim. Xullas, bizning filmimizga kinoteatrlarda koʻrish uchun ruxsat berilmadi. Lekin men bu filmni olishimdan maqsad siz aziz tomoshabinlarga shu janrda ham kino koʻrsatish edi. Juda ham katta pul ketdi. Men ancha kurashdim, lekin kinoteatrlarda koʻrolmas ekanmiz. Platformalarda yoki boshqa joylarda koʻrish uchun ruxsat bor ekan.

Shu paytgacha qoʻllab-quvvatlab kelganlar uchun rahmat. Kinoni endi boshlagan vaqtimiz ham “Oʻzbekistonga sotma, oʻzbekistonlik odamlar unday qilmaydi, bunday qilmaydi”, deyishganda, yoʻq, xalqim meni doim qoʻllaydi, deganman va bu fikrim oxirigacha toʻgʻri deb bilaman", — dedi rejissyor Sunnat Namozov.

Bundan tashqari, u Netflix masalasida ham alohida video joylanishini ma’lum qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling