Nolanning "Odisseya" filmining treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 112
Nolanning "Odisseya" filmining treyleri e'lon qilindi

Universal Pictures rejissyor Kristofer Nolan tomonidan suratga olingan yangi film “Odisseya” treylerini taqdim etdi. Qadimgi yunon shoiri Gomerning mashhur eposi asosida ishlangan ushbu loyiha 2026-yil 17-iyulda premyera chiqishi rejalashtirilgan.

Film markazida Matt Deymon ijrosidagi Odissey obrazi turadi. U Troya urushidan so‘ng uzoq va mashaqqatli yo‘l bosib, vatani Itaka tomon qaytadi. Uning asosiy maqsadi — oilasini topish va qirolligini saqlab qolishdir.

Treylerda bir qator mashhur aktyorlar ham ishtirok etadi: Robert Pattinson Antinoy rolida taxtni egallashga urinadi, Sharliz Teron Kalipso obrazini gavdalantiradi, Enn Xeteuey Penelopa, Tom Holland Telemaks, Zendaya esa Afina rolida ko‘rinadi.

Suratga olish ishlari yarim yil davom etib, Marokash, Gretsiya, Italiya, Malta, Shotlandiya, Ispaniya va Los-Anjelesda amalga oshirilgan. Rejissyor ko‘plab sahnalarni ochiq dengizda suratga olib, qadimgi sayohatlarning og‘ir va xavfli sharoitini real tarzda ko‘rsatishga harakat qilgan.

“Odisseya” — Kristofer Nolanning 13-to‘liq metrajli filmi bo‘lib, u to‘liq IMAX kameralarida suratga olingan ilk badiiy film sifatida ham tarixga kiradi. Rejissyor avvalgi “Oppenheimer” filmi bilan katta muvaffaqiyatga erishgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling