"Qonundagi mallasoch" film prikvelining tizeri chiqdi

Prime Video studiasining yangi seriali El Vudsning oʻrta maktab yillari haqida hikoya qiladi.
Prime Video studiasi Riz Uizerspun ishtirokidagi mashhur “Qonundagi mallasoch” komediyasining prikveli bo‘lmish “El” serialining ilk tizerini taqdim etdi.
Voqealar 1990-yillarning o‘rtalarida sodir bo‘ladi va 2001-yilgi film voqealaridan ancha oldin El Vudsning maktab yillari haqida hikoya qiladi. Qahramon oilasi bilan Sietlga ko‘chib o‘tadi va o‘zining yorqin individualligi, optimizmi hamda o‘ziga xos uslubini saqlab qolgan holda yangi maktabga moslashishga harakat qiladi.
Bosh rolni Leksi Minetri ijro etgan. Aktyorlar tarkibidan, shuningdek, Jun Dayan Rafael, Tom Everett Skott va Chendler Kinni ham o‘rin olgan. Loyihani Riz Uizerspunga tegishli Hello Sunshine kompaniyasi prodyuserlik qilmoqda.
Loyiha 1-iyuldan boshlanadi.