"Qogʻoz bino" qaytmoqda: serialning davomi suratga olinadi

Netflix platformasida mashhur “Qogʻoz bino” (“La Casa de Papel”) serialning davomi taqdim etilishi rasman e’lon qilindi.
Serialning qaytishi haqidagi yangilikni original loyihadagi Professor obrazini ijro etgan Alvaro Morte Sevilyada bo‘lib o‘tgan Berlin 2-mavsumi premyerasida e’lon qilgan.
Netflix bayonotiga ko‘ra, loyiha faqat yangi mavsum bilan cheklanib qolmaydi. “Qogʻoz bino” olamini yanada kengaytirib, bir nechta spin-off seriallar yaratishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, kompaniya serial olami hali yakunlanmaganini ta’kidlab, “inqilob hech qachon tugamaydi” degan shiorni ilgari surmoqda.
Hozircha bu loyiha to‘liq 6-mavsumi bo‘ladimi yoki yangi qahramonlarga bag‘ishlangan spin-off seriallar chiqariladimi noma’lum.
Ma’lumot uchun, Berlin serialining 2-mavsumi 15-may kuni Netflix’da namoyish etiladi.