Anons
"Osmon qiroli" filmi premyerasi
E’lon qilingan sana: · 95

Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida (sobiq Panorama) “Osmon qiroli” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu kartina rejissyor Jahongir Qosimov tomonidan ekranlashtirilgan bo‘lib, unda inson taqdiri, fidoyilik, murakkab tanlovlar va osmon bilan bog‘liq orzular badiiy talqinda aks ettiriladi. Film ssenariysi Xayriddin Sulton qalamiga mansub.
Film voqealari mustaqillik arafasidagi murakkab davr fonida kechadi. Asar markazida yosh uchuvchi Badalov va Shamshetov o‘rtasidagi dramatik voqealar tasvirlangan.
Filmda Karim Mirhodiyev, Abbos Ibrohimov, Matyoqub Matchonov, Toxir Saidov, Otabek Musayev hamda boshqa taniqli aktyorlar rol ijro etgan.
Kirish bepul.