Kinoteatrlarda koʻrsatishga ruxsat berilmagan "Dacha" filmini qanday tomosha qilish mumkin?

Rejissyor Sunnat Nomozovning triller-slesher janrida suratga olingan “Dacha” filmi 4-iyun kuni ITV platformasida premyera qilinadi.
Film syujeti bir guruh yoshlarning shahar tashqarisidagi dachaga dam olish uchun borishi bilan boshlanadi. Quvnoq va begʻam koʻringan bu yigʻin ortida esa har bir qahramonning oʻz siri, oʻz gunohi, oʻz xiyonati yashiringan boʻladi. Oddiy hordiq sifatida boshlangan tun asta-sekin qoʻrquv, shubha va hayot-mamot sinoviga aylanadi.
Kinokartinani tomosha qilish uchun uni 30 000 soʻmga xarid qilish kerak boʻladi. Ta’kidlanishicha, sotuvdan tushgan barcha mablag‘ film rejissyoriga oʻtkaziladi. Bu rejissyorni va boshqa ijodkorlarni ko‘proq o‘zbek kontentini ishlab chiqarishga undash uchun xizmat qiladi.
Filmda rollarni Murod Nasimov, Behruz Madazimov, Otabek Rahmatullayev, Son Dasom, Fotima Berdiyeva, Kristina Rustamova, Yigitali Jovliyev ijro etgan. Shuningdek, aktyorlar tarkibiga Qozogʻistonning “Sheker” seriali yulduzi Azat Jumadil ham qoʻshilgandi.
Avvalroq kino 2026-yilda tayyor boʻlishiga qaramay, rejissyorning soʻzlariga qaraganda, kinoteatrda qoʻyish uchun ruxsat berilmagani haqida xabar berilgandi.
Quyida film tizerini tomosha qilish mumkin: