Arnold Shvartsnegger yana bir bor Konan varvar rolini ijro etadi

E’lon qilingan sana· 327
Arnold Shvartsnegger yana bir bor Konan varvar rolini ijro etadi

Loyiha "Qirol Konan" deb nomlanadi va suratga olish ishlari 2027-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Arnold Shvartsnegger “Qirol Konan” filmi suratga olish ishlari 2027-yilda boshlanishini tasdiqladi. Bu haqda aktyor Arnold Fans nomli fan-blogda ma’lum qilib, 1982-yilda ekranlarga chiqqan original “Conan the Barbarian” filmidan qariyb 40 yil o‘tib yana afsonaviy varvar obraziga qaytishini aytdi.

“Qirol Konan” Conan the Barbarian (1982) va Conan the Destroyer (1984) filmlarining davomi bo‘ladi. Ushbu kartinalarda Shvartsnegger o‘zining eng mashhur rollaridan birini ijro etgan edi. Yangi loyiha ustida 20th Century Studios ishlamoqda, rejissyor sifatida esa Kristofer MakKuorri faoliyat olib boradi. U “Uddalab boʻlmas topshiriq” franshizasidagi filmlari bilan tanilgan.

Shvartsnegger ishtirokidagi uchinchi “Konan” filmi haqidagi gap-so‘zlar hali 1980-yillarning oxiridayoq boshlangan edi. Dastlab davomiy film “Konan-zabt etuvchi” nomi ostida rejalashtirilgan, biroq loyiha amalga oshmay qolgan. Shu sababli “Qirol Konan” oradan o‘nlab yillar o‘tib, yakunlanmay qolgan trilogiyani nihoyasiga yetkazishga qaratilgan urinish sifatida qaralmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling