Oʻzbekistonda kino sohasidagi komissiya va kengashlar faoliyati tugatiladi

E’lon qilingan sana· 4 581
Oʻzbekistonda kino sohasidagi komissiya va kengashlar faoliyati tugatiladi
Foto: "Farz" filmidan kadr

“Oltin humo” milliy kino taqdimotining nufuzini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida har yili 5 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Respublika kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar faoliyati sohada ijodiy erkinlik va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida butunlay tugatiladi.

Ta’kidlanishicha, kinoning har bir janri va mavzusidan kelib chiqib, o‘sha soha mutaxassislaridan iborat haq to‘lanadigan ekspert guruhlari tashkil qilinadi. O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan mutaxassislar ekspert guruhlari tarkibiga kiritiladi.

Shuningdek, xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston hududida kino mahsulot yaratish bilan bog‘liq faoliyati soliqlardan ozod qilinadi. Davlat buyurtmasi asosida yaratilgan filmlar namoyishidan tushgan mablag‘ning 50 foizi prodyuser va ijodiy guruhga qo‘shimcha rag‘bat sifatida beriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling