Disney yangi "Muzlik davri" multfilmining birinchi tizerini taqdim etdi

Disney va 20th Century Animation studiyalari o‘n yildan ortiq vaqt ichida franshizaning ilk to‘liq metrajli qismiga aylanadigan “Muzlik davri: Qaynash nuqtasi” multfilmining birinchi tizerini e’lon qildi.
Yangi multfilm qahramonlarni Yo‘qolgan dunyoning hali o‘rganilmagan burchaklariga olib boradi. Bu gal to‘da faol vulqon, lava oqimlari va yangi tarixdan oldingi mavjudotlarga duch keladi.
Ovoz berish uchun franshizaning asosiy yulduzlari qaytdi: Rey Romano (Menni), Jon Legizamo (Sid), Denis Liri (Diyego), Kuin Latifa (Elli) va Saymon Pegg (Bak). Bu 2021-yilda Blue Sky Studios yopilganidan keyin ushbu seriyadan chiqarilgan ilk to‘liq metrajli film bo‘ladi. Ishlab chiqarish bilan Disney nazorati ostida 20th Century Animation studiyasi shug‘ullanmoqda.
Premyera 2027-yil 5-fevralga rejalashtirilgan.