"Jurnalist" filmining namoyishi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 50
"Jurnalist" filmining namoyishi boʻlib oʻtadi

Milliy kino san’ati saroyida 26-iyun kuni soat 18:00 da drama janrida ishlangan “Jurnalist” badiiy filmining katta namoyishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda “Yoshlik” kinostudiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Filmda Yosh jurnalist Ra’no o‘zini isbotlash ilinjida muhim ishga qo‘l uradi va oddiy ko‘ringan voqea ortida katta jinoiy tizim yashiringanini aniqlaydi. U bosim va tahdidlarga qaramay, adolat va inson taqdiri uchun kurashish zarurligini tushunib yetadi.

Kinokartina rejissyorlari Sardor Maxmudov va Otabek Yoʻldoshev hisoblanadi. Ma’lumot uchun, 27-iyunda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling