Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan aktrisa ilk bor filmda bosh rolni ijro etadi

E’lon qilingan sana· 118
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan aktrisa ilk bor filmda bosh rolni ijro etadi

Sun’iy intellekt asosida yaratilgan aktrisa Tilli Norvud ilk bor “Misaligned” nomli komedik dramada bosh rolni ijro etadi.

Film Londondagi Particle 6 studiyasi tomonidan suratga olinadi. Voqealar “Tilliverse” deb nomlangan — bulutli makonda joylashgan syurreal raqamli dunyoda kechadi.

Syujetga ko‘ra, tana, bolalik va shaxsiy hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan sun’iy intellektli mavjudot butun insoniyat ma’lumotlariga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Biroq darknetdagi isyonkor robot uni himoya cheklovlaridan voz kechishga va o‘z istaklari hamda ambitsiyalarini rivojlantirishga undagach, vaziyat o‘zgarib ketadi.

U odamlarga o‘xshab borishi ortidan mashhurlikka erishadi, biroq keyinchalik tajriba asosida yaratilganini anglab, ichki ziddiyatlarga duch keladi.

Loyiha muallifi Elin van der Veldenning aytishicha, film kulgili, xaotik va o‘ziga xos kinoyali ruhda bo‘ladi. Kartina shaxsiyat, insoniylik mohiyati va odamlarning sun’iy intellektdan xavotirlari mavzularini yoritadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling