“Godzilla: Minus nol”ning yangi tizeri chiqdi

E’lon qilingan sana· 265
“Godzilla: Minus nol”ning yangi tizeri chiqdi

Toho studiyasi Takashi Yamazakining “Godzilla: Minus bir” filmining uzviy davomi bo‘lgan “Godzilla: Minus nol"ning yangi tizerini taqdim etdi.

Voqealar 1949-yilda, birinchi qismdagi hodisalardan ikki yil o‘tgach sodir bo‘ladi. Kayju bilan avvalgi to‘qnashuvdan omon qolgan Koichi Shikishima va Noriko Oishi yangi hayot boshlashga harakat qiladi, ammo insoniyat yanada halokatli tahdidga duch keladi. Bu safar Godzilla Yaponiyani tark etib, AQSH qirg‘oqlariga yo‘l oladi va endi Nyu-York xavf ostida qoladi.

Rejissyor, ssenariy muallifi va vizual effektlar bo‘yicha supervayzer sifatida yana Takashi Yamazaki ishlagan. Filmda Ryunosuke Kamiki, Minami Hamabe, Munetaka Aoki, Hidetaka Yoshioka, Yuki Yamada va Sakura Ando rol o‘ynagan.

Filmning xalqaro premyerasi 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, kartina IMAX formatida ham namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling