“Elvin va burunduqlar” filmining remeyki suratga olinadi

The Wall Street Journal nashri “Elvin va burunduqlar” franshizasi qayta ishga tushirilishi haqida xabar berdi.
Paramount yangi filmni 2028-yilda namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bungacha tomoshabinlar ijtimoiy tarmoqlardagi kontent orqali loyihaga qiziqtirib boriladi. Rejissyorlar, aktyorlar va boshqa ishtirokchilar nomi hozircha oshkor etilmagan.
“Elvin va burunduqlar” tezlashtirilgan ovozlarda kuylovchi xayoliy musiqiy trio sifatida yaratilgan. Ularning hazilomuz “The Witch Doctor” qo‘shig‘i 1958-yilda AQSh chartlarini zabt etgan. Elvin, Saymon va Teodor ilk bor 1960-yillardagi animatsion serialda ekranlarda paydo bo‘lgan.
Fox studiyasi 2007−2015-yillarda “Burunduqlar” haqida to‘rtta filmni suratga oldi. Tanqidchilarning keskin salbiy baholariga qaramay, barcha filmlar jami 1,3 milliard dollar yig‘di hamda bir nechta “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.