“Maykl” filmi jahon prokatida milliard dollardan ortiq daromad to‘pladi

Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” musiqiy biopik filmi jahon prokatida 1 milliard dollarlik kassalik yig‘imdan oshdi. Film 2026-yilda ushbu marraga erishgan ikkinchi kartina, shuningdek, Lionsgate studiyasi tarixidagi ilk milliard dollarlik xitga aylandi.
Film bir vaqtning o‘zida bir nechta rekordni ham o‘rnatdi. “Maykl” “Bogemiya rapsodiyasi"ni ortda qoldirib, barcha davrlarning eng kassabop musiqiy biopikiga aylandi va jahon prokati tarixidagi eng muvaffaqiyatli biografik filmlar qatoridan joy oldi. Kassa yig‘imlarining katta qismini xalqaro bozorlar ta’minladi. Film bir necha oy davomida prokatda yuqori natijalarni saqlab qoldi.
Kartinaga Antuan Fukua rejissyorlik qilgan, Maykl Jekson rolini esa uning jiyani Ja’far Jekson ijro etgan. Bu uning kinodagi debyuti bo‘ldi. Tanqidchilarning turlicha baholariga qaramay, tomoshabinlar filmni iliq kutib oldi. Bu esa kartinaning yilning eng yirik tijoriy muvaffaqiyatlaridan biriga aylanishiga xizmat qildi.
"Maykl" kassada eng koʻp daromad topgan biografik filmga aylandi
Pop qiroli Maykl Jekson haqidagi "Maykl" filmi kassa boʻyicha tarixdagi eng serdaromad bayopikka aylandi. Bu haqda Variety xabar berdi.