Denni Boylning “Ink” filmi Venetsiya kinofestivalini ochib beradi

Rejissyor Denni Boylning yangi “Ink” filmi 2-sentyabr kuni 83-Venetsiya xalqaro kinofestivalining ochilish filmi sifatida namoyish etiladi.
Filmda bosh rollarni Jek OʻKonnell, Gay Pirs va Kler Foy ijro etgan. Ssenariy dramaturg Jeyms Gremning Toni mukofotiga nomzod bo‘lgan pyesasi asosida yozilgan. OʻKonnell The Sun gazetasi muharriri Larri Lemb, Gay Pirs esa media magnati Rupert Myordok obrazini gavdalantirgan.
Venetsiya kinofestivali direktori Alberto Barberaning aytishicha, film Rupert Myordokning The Sun gazetasini sotib olishi va uni Buyuk Britaniyaning eng ommabop tabloidi darajasiga olib chiqqan jarayon haqida hikoya qiladi.
Film StudioCanal tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan bo‘lib, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Benilyuks mamlakatlari, Avstraliya va Yangi Zelandiyada kinoteatrlarda namoyish etiladi.
83-Venetsiya xalqaro kinofestivali 2−12-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.