“Odisseya” AQShda 2026-yilgi kassa rekordini o‘rnatdi

Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi AQShdagi premyeraoldi namoyishlarida 17,6 million dollar ishlab, 2026-yilning eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Film shu tariqa Pixar studiyasining “O‘yinchoqlar tarixi 5” animatsion kartinasini ortda qoldirdi. U premyeraoldi namoyishlarida 17,5 million dollar yig‘gan edi.
“Odisseya” Nolanning avvalgi filmi — “Oppengeymer"ning ilk yig‘imlaridan ham ancha yuqori natija ko‘rsatdi. 2023-yilda ekranlarga chiqqan film dastlabki haftada 10,5 million dollar ishlab topgandi.
Tahlilchilar prognoziga ko‘ra, “Odisseya” ilk dam olish kunlaridayoq jahon prokatida kamida 200 million dollar yig‘ishi mumkin. Filmni suratga olish uchun 250 million dollar, marketing kampaniyasiga esa 125 million dollar sarflangan.
Kristofer Nolanning "Odisseya" filmining soʻnggi treyleri e'lon qilindi
Yakuniy treylerda asosiy e’tibor keng ko‘lamli jang sahnalari, qadimgi yunon mifologiyasidagi afsonaviy mavjudotlar hamda Troya urushidan so‘ng Odisseyning uyiga qaytish yo‘lidagi hissiyotlarga boy sarguzashtiga qaratilgan.