Gal Gadot ishtirokidagi “The Runner” filmi treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 513
Gal Gadot ishtirokidagi “The Runner” filmi treyleri e’lon qilindi

Prime Video striming xizmati Rockwood Pictures kompaniyasi tomonidan suratga olingan “The Runner” filmining ilk treylerini taqdim etdi.

“Mo‘jizakor ayol” roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Gal Gadot filmda bosh rolni ijro etgan. Triller 2-sentyabr kuni premyera qilinadi.

Film voqealariga ko‘ra, advokat Maya (Gal Gadot) murakkab sud jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda, ertalabki yugurish chog‘ida noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, uning o‘g‘li Noani o‘g‘irlab ketganini aytadi. Mayada farzandini qutqarish uchun atigi bir soat vaqt bor. Buning uchun u manyakning ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilgan holda butun London bo‘ylab yugurishi kerak.

Filmga shotlandiyalik rejissyor Kevin Makdonald (“Qora dengiz”, “Mavritaniyalik”) rejissyorlik qilgan. Hozirda Gal Gadot ishtirokidagi “Dante kodeksi” filmi ham O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling