"Oʻrgimchak odam: yangi kun" filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 1 107
"Oʻrgimchak odam: yangi kun" filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi

Sony Pictures va Marvel kompaniyasining “Oʻrgimchak odam: yangi kun” filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi. Hozirgacha filmning oʻzbek tilidagi treyleri e’lon qilingan.

“Oʻrgimchak odam: Uyga yoʻl yoʻq” filmidagi voqealardan toʻrt yil oʻtgan, dunyo Piter Parkerning mavjudligini unutgan va u yolgʻiz yashashni boshlagan. Oʻrgimchak odam butunlay jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan qobiliyatida sirli oʻzgarishlarga duch keladi. Bu esa uning hayotini barbod qilishi yoki yangi tahdidni toʻxtatishga yordam berishi mumkin.

Filmda Tom Holland (Piter Parker / Oʻrgimchak odam), Zendaya (Mishel “MJ” Jones), Jeykob Batalon (Ned Leeds), Jon Berntal (Frank Kasl / The Punisher), Mark Ruffalo (Bryus Banner / Halk), Sedi Sink (roli noma’lum), Maykl Mendo (Mak Gargan) va Tramell Tillman (roli noma’lum) rol oʻynagan.

Film premyerasi 30-iyul kuni boʻlib oʻtadi. Chiptalarni Afisha.uz orqali xarid qilish mumkin.

Avvalroq Messi “O‘rgimchak odam” filmining reklama roligida Piter Parker bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling