“O‘rgimchak odam: yangi kun” filmining yakuniy treyleri e’lon qilindi

Voqealar “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q” filmi voqealaridan to‘rt yil o‘tib sodir bo‘ladi.
Sony Pictures Marvel koinotidagi Piter Parker haqidagi yangi film — “O‘rgimchak odam: yangi kun” (Spider-Man: Brand New Day)ning final treylerini taqdim etdi.
Doktor Strenj afsunidan so‘ng butun dunyo Piter Parkerning mavjudligini unutgan. Endi u yolg‘iz o‘zi Nyu-Yorkni himoya qilib, yangi hayot boshlashga harakat qiladi. Biroq sirli jinoyatlar bo‘yicha tergov uni hamma narsani o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi xavf bilan yuzlashtiradi.
Filmda Tom Holland (Piter Parker / O‘rgimchak odam), Zendaya (MJ), Jon Bernthal (Jazolovchi / Frenk Kasl), Mark Ruffalo (Bryus Benner / Halk), Jeykob Batalon (Ned Lids), Maykl Mando (Chayon) va Charli Koks (Mett Myordok / Deyrdevil) rol ijro etgan. Shu bilan birga, Marvel hali ham Sedi Sink gavdalantirgan qahramonning shaxsini sir tutmoqda — bu filmning asosiy intrigalaridan biri hisoblanadi.
Film rejissyori Destin Deniel Kretton bo‘lib, u avval “Shan-Chi va o‘nta uzuk afsonasi” filmini suratga olgan.
Film premyerasi 6-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
“Oʻrgimchak odam: yangi kun” filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi
Sony Pictures va Marvel kompaniyasining "Oʻrgimchak odam: yangi kun" filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida namoyish etiladi. Hozirgacha filmning oʻzbek tilidagi treyleri e'lon qilingan.