“Qasoskorlar: Qiyomat kuni” ilk kundayoq 16,5 mln dollarlik chipta sotuvini qayd etdi

E’lon qilingan sana· 203
“Qasoskorlar: Qiyomat kuni” ilk kundayoq 16,5 mln dollarlik chipta sotuvini qayd etdi

Marvel Studios’ning “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmi chiptalari savdosi boshlangan ilk kunning o‘zidayoq 16,5 million dollar tushum keltirdi.

Chiptalar filmning ilk rasmiy treyleri taqdimoti bilan bir vaqtda sotuvga chiqarildi. Dastlab ular AQShdagi atigi mingta kinoteatrning premium formatlari uchun mavjud bo‘lganiga qaramay, ko‘rsatkich yuqori bo‘ldi. Film 18-dekabr kuni Shimoliy Amerikadagi 4 mingdan ortiq kinoteatrda namoyish etiladi.

Studiya ma’lumotlariga ko‘ra, premyeraning dastlabki kunlari uchun premium seanslarning aksariyati allaqachon sotib bo‘lingan. Shu sabab ayrim kinoteatrlar Rojdestvo va undan keyingi kunlar uchun qo‘shimcha seanslar qo‘shmoqda.

Mutaxassislar “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” yilning eng yirik kinodebyutlaridan birini qayd etishini kutmoqda. Filmning ilk kunlik chipta savdosi 2024-yilda chiqqan “Dedpul va Rosomaxa” filmiga nisbatan ikki baravar yuqori bo‘ldi. Mazkur film o‘z vaqtida ilk dam olish kunlarida 211 million dollar yig‘ib, umumiy hisobda 1,3 milliard dollar daromad keltirgandi.

“Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmining ilk treyleri e’lon qilindi

Videoda Robert Dauni Jr. ilk bor Marvel kino olamining yangi bosh yovuzi — Doktor Dum obrazida namoyon bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling