Ilon Mask tarixiy haqiqatga yaqin “Odisseya” filmini suratga olmoqchi

Ilon Mask Gomerning “Odisseya” dostoni asosida tarixiy haqiqatga maksimal darajada yaqin film suratga olish g‘oyasini ilgari surdi. Milliarder loyiha uchun 100 million dollar ajratishga tayyorligini, rejissyor sifatida esa Mel Gibsonni ko‘rishni istashini ma’lum qilgan.
Avvalroq Mask ijtimoiy tarmoqlarda Grok sun’iy intellekti yaratgan videoni e’lon qilib, yil oxirigacha sun’iy intellekt Gomerning asl matniga va tarixiy voqelikka imkon qadar yaqin bo‘lgan to‘liq metrajli “Odisseya"ni yaratishi mumkinligini aytgan.
Keyinchalik u buni faqat sun’iy intellekt bilan cheklab qolmasligini bildirib, badiiy filmni ham moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Maskning ta’kidlashicha, yangi ekranlashtirish avvalgi talqinlardan farqli ravishda tarixiy aniqlikka alohida e’tibor qaratadi. Filmda bronza davriga oid haqiqiy kemalar, qurol-aslaha va zirhlardan foydalanish, dialoglarni esa Gomer poemasiga asoslash hamda ularni qadimgi yunon tilida ijro etish rejalashtirilgan.
Ilon Mask Kristofer Nolanni "Odisseya" filmi uchun tanqid qildi
Milliarder Ilon Mask Kristofer Nolanning yangi "Odisseya" filmi haqida keskin fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, rejissyor "Gomerni tahqirlagan" va Oskar mukofoti talablariga javob berish uchun klassik eposni o‘zgartirgan.