Milliy kino san'ati saroyi (sobiq Panorama) "Chorshanba kinobayrami" aksiyasiga qoʻshildi

E’lon qilingan sana· 89
Milliy kino san'ati saroyi (sobiq Panorama) "Chorshanba kinobayrami" aksiyasiga qoʻshildi

Endi oʻzbek tilidagi filmlar uchun chiptalar narxi chorshanba kunlari 30 000 soʻm boʻladi.

29-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyi (sobiq Panorama) har hafta oʻtkaziladigan “Chorshanba kinobayrami” aksiyasiga qoʻshildi.

Bu shuni anglatadiki, endilikda chorshanba kunlari tomoshabinlar uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan filmlarga chipta narxi 30 000 so‘mni tashkil etadi.

Bu haftada kino muxlislari “Osmoni falaklarda” , “Qoravoy” , “Lagʻmon” ,"House “va “Chake” kabi filmlarini oʻzbek tilida aksiya narxida tomosha qilishi mumkin.

Bundan tashqari, ushbu bayram aksiyasi Next, Parus, Riviera Cinema, Sergeli, Cinemaplex Chigotoy, Compass Cinema, Oʻzbegim Cinema (Andijon) va Buxoro (Buxoro) kinoteatrlarida ham amal qiladi.

Eslatib oʻtamiz, aksiya VIP zallar uchun amal qilmaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling