O‘zbekistonlik yosh rejissyor Shvetsiyadagi xalqaro kinofestival g‘olibiga aylandi

E’lon qilingan sana· 459
O‘zbekistonlik yosh rejissyor Shvetsiyadagi xalqaro kinofestival g‘olibiga aylandi

Kinematografiya agentligi tizimidagi “Hujjatli va xronikal filmlar” studiyasi yosh rejissyori Alizoda Mehrubonning “O‘z chirog‘ini yoqqan odam” nomli hujjatli filmi Shvetsiyada o‘tkazilgan Luleå International Film Festival kinofestivalida “Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Mazkur xalqaro kinofestival mustaqil kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi iste’dodlarni kashf etish va zamonaviy kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan nufuzli maydonlardan biri hisoblanadi.

Film joriy yil 26-sentabr kuni Shvetsiyada bo‘lib o‘tadigan festivalning yillik dasturi doirasida ham namoyish etiladi. Unda rejissyor Alizoda Mehrubon ham ishtirok etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling