Maykl B. Jordan ishtirokidagi “Tomas Kraunning ishi” filmi ilk treyleri taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 54
Maykl B. Jordan ishtirokidagi “Tomas Kraunning ishi” filmi ilk treyleri taqdim etildi

Amazon MGM Studios “Tomas Kraunning ishi” filmining remeyki uchun ilk tizer-treylerni e’lon qildi. Filmga “Oskar” sovrindori Maykl B. Jordan rejissyorlik qilgan va unda bosh rolni ham ijro etgan.

Triller syujeti san’at asarlarini o‘g‘irlashni sevimli mashg‘ulotiga aylantirgan milliarder haqida hikoya qiladi. Voqealar davomida u jinoyatni tergov qilayotgan ayol bilan tanishib, unga oshiq bo‘ladi. Film 1999-yilda Pirs Brosnan ishtirokida suratga olingan shu nomdagi kartinaning yangi talqini hisoblanadi.

Remeykda, shuningdek, Adria Arjona, Kennet Brana, Obri Plaza, Lili Gladstoun, Danay Gurira va Paapa Essyedu ham rol ijro etgan.

Film premyerasi 2027-yil 5-martga rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling