Paramount va Warner Bros. birlashuvi bo‘yicha sud sanasi yuzasidan bahs davom etmoqda

E’lon qilingan sana· 322
Paramount va Warner Bros. birlashuvi bo‘yicha sud sanasi yuzasidan bahs davom etmoqda

Paramount Skydance va Warner Bros. birlashuvi bo‘yicha monopoliyaga qarshi sud ishi qachon boshlanishi borasida tomonlar turli takliflarni ilgari surdi.

Paramount sud jarayonini 2026-yil noyabrida boshlashni so‘ramoqda. Kompaniya bunga kechikish ijodiy industriya, unda ishlayotgan mutaxassislar va tomoshabinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini sabab qilib ko‘rsatgan.

Bunga javoban AQSHning 12 shtati hamda Amerika Ssenariynavislar gildiyasi (WGA) sudni 2027-yil 5-apreldan boshlashni taklif qildi. Ularning fikricha, ishni puxta ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha vaqt zarur.

Da’vogarlar 111 milliard dollarlik bitim kabel televideniyesi va kinoprokat bozoridagi raqobatni susaytirishini ta’kidlamoqda. WGA esa birlashuv ssenariynavislar mehnat bozori uchun ham salbiy oqibatlarga olib kelishini bildirgan.

Paramount esa aksincha, ushbu kelishuv Netflix va Prime Video kabi yirik striming platformalariga munosib raqobatchi yaratib, iste’molchilarga foyda keltirishini aytmoqda.

Kompaniya uchun sud sanasi muhim ahamiyatga ega. Agar bitim 30-sentabrgacha yakunlanmasa, Paramount shartnoma shartlariga ko‘ra har kuni 7 million dollar miqdorida to‘lov amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Sudning yakuniy sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.

Paramount va Warner Bros. birlashuvi vaqtincha to‘xtatildi

AQSH federal sudi Paramount va Warner Bros. kompaniyalari birlashuvini vaqtincha to‘xtatib turish haqida qaror chiqardi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling