“O‘rgimchak odam: yangi kun” AQShda premyeraning ilk kunidayoq tarixiy rekord o‘rnatdi
E’lon qilingan sana: · 286

Marvel’ning “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi AQSh prokatining ilk kunida 168 million dollarlik kassa yig‘imi to‘plab, tarixiy rekord o‘rnatdi.
Film shu tariqa 2019-yilda 157,46 million dollar bilan debyut qilgan “Qasoskorlar: Intiho” natijasini ortda qoldirdi. Avvalroq “Yangi kun” premyeraoldi namoyishlarida ham rekord qayd etib, 72 million dollar yig‘gandi.
Tahlilchilarga ko‘ra, “O‘rgimchak odam: yangi kun” Shimoliy Amerikadagi ilk dam olish kunlarida 350 million dollardan ortiq, jahon bo‘ylab esa 1 milliard dollarga yaqin kassa yig‘imiga erishishi mumkin.
Hozircha jahon prokatidagi ilk hafta oxiri bo‘yicha rekord 1,2 milliard dollar natija bilan “Qasoskorlar: Intiho” filmiga tegishli.