“O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi AQShda tarixiy rekord o‘rnatdi

E’lon qilingan sana· 4 803
“O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi AQShda tarixiy rekord o‘rnatdi

Marvel Studios’ning “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi AQShdagi ilk namoyishlaridayoq 72 million dollarlik kassa yig‘imi bilan tarixiy rekord qayd etdi.

Bu natija avvalgi rekord sohibi — “Qasoskorlar: Intiho” filmining 2019-yildagi 60 million dollarlik premyeraoldi yig‘imidan yuqori bo‘ldi.

Tahlilchilarga ko‘ra, film AQSh prokatidagi ilk dam olish kunlarida 330−380 million dollar daromad to‘plashi mumkin. Agar prognozlar tasdiqlansa, kartina ichki bozorda ham yangi rekord o‘rnatadi.

Mutaxassislar filmning jahon prokatidagi ilk hafta oxiri yig‘imi 900 million dollarga yaqinlashishini taxmin qilmoqda. Bu amalga oshsa, kartina tarixdagi eng muvaffaqiyatli ochilishlardan birini qayd etadi.

Tanqidchilar “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmini yuqori baholamoqda

Sony Pictures va Marvel Studios’ning “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi yuzasidan G‘arb kino tanqidchilarining dastlabki taqrizlari e’lon qilindi.

“Oʻrgimchak odam: yangi kun” filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi

Sony Pictures va Marvel kompaniyasining "Oʻrgimchak odam: yangi kun" filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida namoyish etiladi. Hozirgacha filmning oʻzbek tilidagi treyleri e'lon qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling