“O‘rgimchak odam: yangi kun” ilk dam olish kunlarida “Qasoskorlar” rekordini yangiladi

Marvel va Sony’ning “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi AQSh prokatidagi ilk dam olish kunlarida 360 million dollar yig‘ib, mamlakat tarixidagi eng yuqori debyut natijasini qayd etdi.
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, film shu tariqa 2019-yilda “Qasoskorlar: Intiho” o‘rnatgan 357 million dollarlik rekordni ortda qoldirdi. Avvalroq dastlabki hisob-kitoblarda kartina 355 million dollar yig‘gani haqida xabar berilgandi.
Tuzatilgan statistikaga ko‘ra, filmning jahon prokatidagi umumiy yig‘imi 932 million dollarga yetgan. Taqqoslash uchun, “Qasoskorlar: Intiho” ilk dam olish kunlarida dunyo bo‘ylab 1,2 milliard dollar yig‘gan.
Filmda Tom Holland, Zendaya, Jon Bernthal, Sedi Sink va boshqa aktyorlar rol ijro etgan. Kartinaga Destin Deniyel Kretton rejissyorlik qilgan.
“O‘rgimchak odam: yangi kun” ilk dam olish kunlarida 927 mln dollar yig‘di
Bu kino tarixidagi ikkinchi eng muvaffaqiyatli start bo‘ldi.