Devid Fincher suratga olishi kerak bo‘lgan “Kalmar o‘yini” spin-offi bekor qilindi

E’lon qilingan sana· 473
Devid Fincher suratga olishi kerak bo‘lgan “Kalmar o‘yini” spin-offi bekor qilindi

Netflix Devid Fincher ishlab chiqayotgan “Kalmar o‘yini” serialining amerakacha versiyasini bekor qildi. The Playlist xabariga ko‘ra, striming xizmati ustuvor yo‘nalishlarini o‘zgartirgani, Fincher esa boshqa filmlar ustida ishlashga o‘tgani sabab loyiha to‘xtatilgan.

“Heckler” ishchi nomi bilan ishlab chiqilgan spin-offga original serial finalida ishora qilingan edi. So‘nggi epizod voqealari Los-Anjelesga ko‘chib, Keyt Blanshett ijrosidagi qahramon Amerika versiyasi uchun ishtirokchilarni tanlayotgani ko‘rsatilgan.

Loyiha suratga olish ishlari 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilgandi. Rejissyor sifatida Devid Fincher, prodyuser sifatida esa original serial muallifi Xvan Don Hyok ishtirok etishi, ssenariyni esa “Matilda” myuzikli muallifi Dennis Kelli yozishi kerak edi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, endi Netflix alohida mamlakatlar uchun “Kalmar o‘yini"ning mahalliy versiyalarini yaratishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Devid Fincher esa hozir “Bir vaqtlar… Gollivudda” filmining davomi — “Kliff Butning sarguzashtlari” ustida ishlamoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling