“O‘rgimchak odam: yangi kun” 12 kunda 1,67 mlrd dollar yig‘di

E’lon qilingan sana· 34
“O‘rgimchak odam: yangi kun” 12 kunda 1,67 mlrd dollar yig‘di

“O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi jahon prokatida 1,67 milliard dollardan ortiq mablag‘ yig‘di. Film bu natijaga premyeradan 12 kun o‘tib erishgan.

Kartinaning asosiy tushumi AQSh va Kanadaga to‘g‘ri keladi — Shimoliy Amerikada film 655 mln dollar ishlab topgan. Shu natijadan keyin tahlilchilar film faqat AQSh va Kanadada 1 milliard dollardan ortiq daromad qilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Tom Holland ishtirokidagi film prokatda yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda. “O‘rgimchak odam: yangi kun"ning jahon bo‘yicha yakuniy tushumi 2,5 milliard dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Piter Parker uchun haqiqiy yangi kun: “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmiga sharh

Tom Holland ijrosidagi “O‘rgimchak odam: yangi kun” avvalgi trilogiyaning oddiy davomi emas.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling