“Ahsoka” serialining ikkinchi mavsumi tizer-treyleri chiqdi

“Yulduzlar jangi” olamidagi “Ahsoka” serialining davomi 2027-yil 20-yanvar kuni Disney+ striming xizmatida namoyish etiladi. Serialning ikkinchi mavsumi uchun treyler ham taqdim etildi.
Yangi qismlar Asoka Tano (Rosario Douson) va makkor Grand-admiral Traun (Lars Mikkelsen) o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida hikoya qiladi. Shu bilan birga, qahramon o‘zining murakkab yoshlik davrini eslaydi. Asokaning ustozi Anakin Skayuoker roliga Xeyden Kristensen qaytadi.
“Ahsoka” seriali rejissyori — “Mandalorlik” loyihasi bilan tanilgan Deyv Filoni. Ikkinchi mavsum rejissyorlari orasida “Yura davri dunyosi” filmi bilan tanilgan Brays Dallas Xovard ham bor.
Ushbu mavsumda jami 8 ta yangi qism bo‘ladi. “Ahsoka” Disney+ platformasida 2023-yilda debyut qilgan va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan — Rotten Tomatoes’da 85 foiz.