“Super oila 3” multfilmining batafsil tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 186
“Super oila 3” multfilmining batafsil tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Pixar D23 konventida “Super oila” multfilmining uchinchi qismini rasman e’lon qildi.

Film 2028-yil 16-iyunda xalqaro prokatga chiqadi. Syujet Mister Ekstremal va Elastikaning farzandlari — Violet va Shastikaga e’tibor qaratadi. O‘smirlar uy yumushlarini bajarish, jumladan, ukasi Jek-Jekka qarash bilan birga o‘z superqobiliyatlarini tobora ko‘proq sinab ko‘ra boshlaydi. Shu bilan birga, butun oiladan ham kuchliroq yangi yovuz qahramon paydo bo‘ladi.

“Super oila 3” rejissyori — “Elemental” va “Yaxshi dinozavr” filmlari bilan tanilgan Piter Son. Franshiza yaratuvchisi Bred Bird esa ssenariy muallifi va prodyuser sifatida ishtirok etadi. Taqdimotda multfilmning rasmiy konsept-arti ham namoyish etildi.

Birinchi “Super oila” 2004-yilda, ikkinchi qism esa 2018-yilda chiqqan. Ikki filmning umumiy kassasi 1,8 milliard dollarni tashkil etgan.

“Super oila 3” multfilmi haqida ilk tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

“Super oila” (“The Incredibles”) franshizasi muallifi Bred Berd uchinchi film rejalari haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, yangi qism voqealarida katta vaqt sakrashi bo‘lmaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling