“Zootopia 3” multfilmi ustida ishlash boshlandi
E’lon qilingan sana: · 214

Disney “Zootopia” multfilmining uchinchi qismini rasman e’lon qildi. Taqdimot Kaliforniyaning Anaxaym shahrida o‘tkazilgan D23 konventida bo‘lib o‘tdi.
Multfilmni birinchi qismda Judi Xopsga ovoz bergan Jinifer Gudvin va Geri ilon qahramoniga ovoz bergan “Oskar” sohibi Ke Xuay Kuan taqdim etdi. Trikvel syujeti tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
“Zootopia"ning birinchi qismi 2016-yilda ekranlarga chiqqan va jahon prokatida 1 mlrd dollar to‘plagan.
2025-yilda chiqqan ikkinchi qism esa 1,8 mlrd dollar ishlab, tarixdagi eng kassabop animatsion loyihaga aylangan. Shuningdek, Disney+ platformasida multfilm asosidagi animatsion serial ham mavjud.