"Zootopia 2" Gollivudning eng koʻp daromad keltirgan multfilmiga aylandi

E’lon qilingan sana· 247
"Zootopia 2" Gollivudning eng koʻp daromad keltirgan multfilmiga aylandi

“Zootopia 2” Gollivud tarixidagi eng kassabop multfilmga aylandi. Animatsiya premyera qilingan vaqtdan beri 1,7 mlrd dollar yig‘di, deya xabar bermoqda Variety.

Multfilm 1,69 mlrd dollar toʻplagan “Inside Out 2"ni ortda qoldirdi. Eng ko‘p daromad keltirgan barcha animatsion loyihalar orasida “Zootopia 2” Xitoyning “Nezha Defeats the Dragon King” fantastikasidan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Xitoy animatsiyasi 2,25 milliard dollar toʻplagan. Shu bilan birga, Disney multfilmi barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan to‘qqizinchi reliziga aylandi.

Avvalroq “Zootopia 2” rejissyorlari Bayron Xovard va Jared Bush allaqachon uchinchi qism uchun g‘oyalar izlayotganini ma’lum qilgandi. Multfilm ijodkorlari trikvel ustida ishlash to‘qqiz yildan kamroq vaqt olishini va’da qildi (birinchi va ikkinchi multfilm o‘rtasida shuncha vaqt o‘tgandi).

Shuningdek, “Zootopia 2” multfilmi 17 kun ichida 1 milliard dollar yig‘ib, rekord oʻrnatgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling