Rayan Gosling ishtirokidagi “Ghost rider” 2028-yil yozida chiqadi

E’lon qilingan sana· 236
Rayan Gosling ishtirokidagi “Ghost rider” 2028-yil yozida chiqadi

Marvel Studios yangi “Ghost rider” (Arvoh chavandoz) filmining chiqish sanasini e’lon qildi. Rayan Gosling bosh rolni ijro etadigan komiks ekranizatsiyasi 2028-yil 28-iyulda xalqaro prokatga chiqadi.

Goslingning loyiha tarkibiga qo‘shilgani va film ustida ishlar boshlangani bu yozdagi Comic-Con anjumanida ma’lum bo‘lgan. Film rejissyori — “Dedpul va Rosomaxa” kartinasi bilan tanilgan Shon Levi.

Syujet tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan. Avval “Arvoh chavandoz” obrazini Nikolas Keyj gavdalantirgan. Hikoya otasini qutqarish uchun iblis bilan kelishuvga boradigan kaskadyor Jonni Bleyz atrofida rivojlanadi.

Marvel 2028-yilda yangi “X-Odamlar” filmini 5-mayda, “Qora pantera 3"ni esa 15-dekabrda chiqarishni ham rejalashtirgan.

Rayan Gosling Marvel kino olamida “Ghost rider” rolini ijro etadi

Film rejissyori “Dedpul va Rosomaxa” hamda “Bosh qahramon” filmlari bilan tanilgan Shon Levi bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling