“Qasoskorlar: Doktor Dum”gacha ko‘rish kerak bo‘lgan Marvel’ning 15 ta loyihasi ro‘yxati e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 84
“Qasoskorlar: Doktor Dum”gacha ko‘rish kerak bo‘lgan Marvel’ning 15 ta loyihasi ro‘yxati e’lon qilindi

Disney+ bo‘lajak “Qasoskorlar: Doktor Dum” filmi syujetini yaxshiroq tushunishga yordam beradigan Marvel loyihalarining rasmiy ro‘yxatini e’lon qildi. Undan 13 ta film va “Loki” serialining ikki mavsumi o‘rin olgan.

Ro‘yxat:

  • “X-Odamlar”;
  • “X-Odamlar 2”;
  • “Birinchi qasoskor”;
  • “Qasoskorlar”;
  • “Qasoskorlar: Abadiyat jangi”;
  • “Qasoskorlar: Intiho”;
  • “Loki” — 1- va 2-mavsumlar;
  • “Shan-Chi va o‘n uzuk afsonasi”;
  • “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q”;
  • “Qora Pantera: Abadiy Vakanda”;
  • “Kapitan Amerika: Yangi dunyo”;
  • “Dedpul va Rosomaxa”;
  • “Doktor Strenj: Telbalik multiolamida”;
  • “Momaqaldiroqlar*”;
  • “Fantastik to‘rtlik: Ilk qadamlar”.

Ushbu filmlar va seriallarni to‘liq ko‘rib chiqish uchun jami 42 soatcha vaqt kerak bo‘ladi.

“Qasoskorlar: Doktor Dum” filmi jahon prokatiga 18-dekabr kuni chiqadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling