“Jentlmenlar” seriali uchinchi mavsumga uzaytirildi

E’lon qilingan sana· 274
“Jentlmenlar” seriali uchinchi mavsumga uzaytirildi

Netflix Gay Richining “Jentlmenlar” serialini uchinchi mavsumga rasman uzaytirdi. Bu haqda Variety xabar berdi.

Avvalroq yangi mavsumda Megan Markl ham ishtirok etishi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi, biroq keyinchalik OAV bu xabarni rad etdi. Mish-mishlarga ko‘ra, Markl Britaniya jamoatchiligining salbiy munosabati sabab roldan voz kechgan.

“Jentlmenlar” seriali 2024-yilda namoyish etila boshlagan. Syujetga ko‘ra, aristokrat Eddi (Teo Jeyms) otasidan katta mulkni meros qilib oladi. Keyinchalik u uy marixuana yetishtirish uchun yirik maydon sifatida foydalanilayotganini aniqlaydi.

Ikkinchi mavsum Netflix’da 3-sentabr kuni namoyish etiladi. Serialning rasmiy treyleri ham taqdim etilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling