“Fayzulla Xo‘jayev” filmining premyerasi 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 892
“Fayzulla Xo‘jayev” filmining premyerasi 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

30-avgust kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekistonning ilk rahbarlaridan biri Fayzulla Xo‘jayevning hayoti, siyosiy faoliyati va fojiali taqdiriga bag‘ishlangan “Fayzulla Xo‘jayev” (“Tegirmon”) badiiy-publitsistik filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Film ssenariysi va postanovkachi rejissyorligi Zulfiqor Musoqovga tegishli. Postanovkachi operator — Aziz Arziqulov, postanovkachi rassom — Mariya Soshina, bastakor — Aleksey Izvolskiy.

Shuningdek, loyiha ustida liboslar bo‘yicha rassom Zuhra G‘aniyeva, grim bo‘yicha rassom Feruza Jonibekova, kinorejissyor Muzaffar Shodiyev va film direktori Kamila Matenova ishlagan.

Premyera Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan o‘tkaziladi.

Zulfiqor Musoqovning yangi "Fayzulla Xoʻjayev" filmi treyleri e'lon qilindi

Rejissyor Zulfiqor Musoqovning yangi "Fayzulla Xoʻjayev" ("Tegirmon") nomli badiiy-publitsistik janrdagi filmning treyleri e'lon qilindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling