“Garri Potter va hikmatlar toshi” serialining yangi treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana· 76
“Garri Potter va hikmatlar toshi” serialining yangi treyleri chiqdi

HBO “Garri Potter va hikmatlar toshi” serialining yangi treylerini taqdim etdi. Unda aktyorlar tarkibi va Garri Potterning Hogvartsdagi ilk yilidan yangi lavhalar namoyish etilgan.

Treylerda Garri, Ron va Germiona, shuningdek, asosiy professorlar ilk bor kengroq dialoglar bilan ko‘rsatiladi. Unda J. K. Roulingning birinchi kitobidan muxlislarga tanish sahnalar — Garri uchun Tanlov shlyapasi, Kviddich maydoni va professor Sneypning unga keskin munosabati ham bor. Serialning vizual effektlari va ishlab chiqarish darajasi Warner Bros. filmlariga yaqin, to‘liq metrajli kino uslubida ko‘rinadi. Avvalgi tizerda tanqid qilingan xira ranglar palitrasi ham o‘zgartirilgan.

Serialda Garri Potter rolini Dominik Maklaflin, Germiona Greynjer rolini Arabella Stanton, Ron Uizli rolini Alastair Stout ijro etadi. Shuningdek, Albus Dambldor — Jon Litgou, Minerva Makgonagall — Janet MakTir, Severus Sneyp — Papa Essiedu va Rubeus Xagrid — Nik Frost obrazlarida namoyon bo‘ladi.

J. K. Rouling kitoblari asosida ishlangan serial ssenariysini Francheska Gardner yozgan va ijrochi prodyuser sifatida ham qatnashgan. Mark Maylod bir nechta qismlarni rejissyor sifatida suratga oladi. Serial 25-dekabr kuni HBOʻda namoyish etiladi.

Garri Potter serialining ilk tizeri taqdim etildi

Tizer ikki daqiqadan koʻproq davom etadi va yangi Xogvartsning birinchi kadrlarini, shuningdek, hikoyaning boshidagi asosiy sahnalarni koʻrsatadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling