Mayk Flenaganning “Kerri” seriali treyleri chiqdi

Stiven Kingning “Kerri” romani asosida suratga olingan yangi serialning rasmiy treyleri taqdim etildi. Sakkiz qismning barchasi 7-oktyabr kuni Prime Videoʻda namoyish etiladi.
Serialni “Призраки дома на холме” ijodkori Mayk Flenagan yaratgan, bosh rolni esa “Проклятие Чаки” filmi bilan tanilgan Sammer X. Xouell ijro etgan.
Syujet markazida sinfdoshlari va dindor onasi tomonidan muntazam tazyiqqa uchraydigan tortinchoq maktab o‘quvchisi Kerri turadi. Qiz asta-sekin telekinez qobiliyatiga ega ekanini anglaydi va undan uni ranjitganlardan qasos olish uchun foydalanishni boshlaydi.
Serial voqealari zamonaviy davrda kechadi. Bu talqinda telekinez qobiliyatiga faqat Kerri emas, boshqa o‘smirlar ham ega bo‘ladi. Aktyorlar tarkibida Samanta Sloyan, Ember Midtander, Metyu Lillard va boshqalar ham bor.
“Kerri” mini-serialining ilk tizeri e’lon qilindi
Bu Stiven Kingning shu nomdagi romani asosida suratga olingan tarixdagi ilk serial ekranizatsiyasidir.