Netflix “Below” mistik trillerining treylerini chiqardi

E’lon qilingan sana· 48
Netflix “Below” mistik trillerining treylerini chiqardi

Bosh rollarni Josh Hartnett, Charli Heaton va Makkenzi Devis ijro etgan.

Netflix Josh Hartnett, Charli Heaton va Makkenzi Devis ishtirokidagi “Вглубь” mistik trillerining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi.

Hikoya markazida Nyufaundlenddagi kichik shaharchada yashovchi baliqchi Kelvin Penni (Josh Hartnett) turadi. Erkakni ko‘p yillardan beri otasining sirli o‘limi ta’qib qiladi, endilikda esa uning tug‘ilib o‘sgan shahri yangi xavfga duch keladi: dengizda noma’lum maxluq paydo bo‘lib, mahalliy aholini dahshatga sola boshlaydi. Kelvin oilasini himoya qilish va asta-sekin yo‘qolib borayotgan jamoani birlashtirishga urinadi.

Loyihaning yaratuvchisi va shouneri avval “Академия Амбрелла” va “19−2” loyihalarida ishlagan Jessi MakKeoun bo‘ldi. Ssenariyni Karen Uolton (“Чёрный сирот”), Perri Cheyf va Natti Zavits yozgan, rejissyorlikni esa Jeymi Chaylds (“Песочный человек”, “Тёмные начала”), Xelen Sheyver (“Пингвин”, “Обитель тьмы”) va Stiven Dann amalga oshirgan.

Olti qismdan iborat mini-serial 8-oktyabr kuni striming platformasida namoyish etila boshlaydi, barcha qismlar bir vaqtning o‘zida chiqadi.

Josh Hartnett ishtirokidagi “Below” horror serialining ilk treyleri e’lon qilindi

Netflix “Below” (Tubanlik) nomli yangi Kanada mini-serialining ilk treylerini taqdim etdi. Bosh rolni Josh Hartnett ijro etgan loyiha 8-oktabr kuni platformada namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling