“Odisseya” IMAX’dagi daromadlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi

E’lon qilingan sana· 44
“Odisseya” IMAX’dagi daromadlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi IMAX namoyishlaridan 500 million dollar daromad olgan tarixdagi ilk kartinaga aylandi. Bu haqda BoxOfficeReport xabar berdi.

Filmning IMAX’dagi umumiy yig‘imlari 506,1 million dollarni tashkil etdi: shundan 215,2 million dollar AQShdagi IMAX kinoteatrlariga, 290,9 million dollar esa xalqaro bozorlarga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq “Odisseya” 1,68 milliard dollarlik yig‘im bilan Universal studiyasi tarixidagi eng kassabop loyihaga aylangan va 1,67 milliard dollar ishlab topgan “Yura davri dunyosi” filmini ortda qoldirgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling