“O‘rgimchak odam: yangi kun” AQSh tarixidagi eng kassabop filmga aylandi

“O‘rgimchak odam: yangi kun” AQSh prokat tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan film maqomini oldi. Kartina mahalliy prokatda 936,7 million dollar ishlab, 2015-yildagi “Yulduzlar jangi: Kuch uyg‘onadi” filmining 936,6 million dollarlik rekordini yangiladi.
Jahon prokatida esa filmning umumiy yig‘imlari 2,452 milliard dollarga yetgan. Shu tariqa u “Avatar” va “Qasoskorlar: Final"dan keyin tarixdagi eng kassabop uchinchi filmga aylandi.
Film Piter Parkerning Tom Holland ijrosidagi navbatdagi sarguzashtlarini hikoya qiladi. Kartinada Zendeya, Seydi Sink, Jon Bernal, Mark Ruffalo va boshqalar ham rol ijro etgan, rejissyorlikni “Shan-Chi” filmi bilan tanilgan Destin Deniel Kretton amalga oshirgan.
Boshqa tomondan, tahlilchilar film qayta prokatga chiqarilmasa, uning AQShdagi yig‘imlarini 1 milliard dollarga yetkazishi qiyin bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
“O‘rgimchak odam: yangi kun” O‘zbekistonda ilk kunning o‘zidayoq mutlaq rekord o‘rnatdi
Film ilk kundayoq O‘zbekiston kinoprokat tarixidagi eng yuqori kassaga ega bo‘ldi. Mintaqada esa O‘zbekiston 90 ming dollardan ortiq natija bilan Qozog‘istondan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.