“O‘rgimchak odam: yangi kun” O‘zbekistonda ilk kunning o‘zidayoq mutlaq rekord o‘rnatdi

Film ilk kundayoq O‘zbekiston kinoprokat tarixidagi eng yuqori kassaga ega bo‘ldi. Mintaqada esa O‘zbekiston 90 ming dollardan ortiq natija bilan Qozog‘istondan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
6-avgust kuni “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi O‘zbekistonda keng prokatga chiqdi. Film ilk kunning o‘zidayoq mamlakat kinoprokatining butun tarixi davomida birinchi kun uchun eng yuqori kassa tushumini qayd etdi.
Ascar Cinema’ning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, film 6-avgust kuni O‘zbekistonda 1,07 mlrd so‘m (90 202 dollar) daromad keltirgan. Uni bir kunning o‘zida 15 838 nafar tomoshabin ko‘rgan.
Filmning o‘zbek tilidagi dublyajiga ham qiziqish yuqori bo‘lgan. Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, o‘zbek tilidagi seanslar O‘zbekistondagi umumiy kassaning 11,5 foizini ta’minlagan.
“O‘rgimchak odam: yangi kun"ning mintaqadagi starti ham yuqori natijalar bilan qayd etilgan. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va Tojikistondagi birinchi kunlik umumiy tushum 1,014 mln dollarga yetgan. Filmni ushbu besh mamlakatda jami 199 838 nafar tomoshabin ko‘rgan.
Mamlakatlar kesimida eng yuqori natija Qozog‘istonda — 789 370 dollar. Undan keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston — 90 202 dollar, Armaniston — 59 711 dollar, Qirg‘iziston — 55 921 dollar va Tojikiston — 19 657 dollar qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Afisha.uz “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmining ilk seanslariga chiptalar savdosini 29-iyuldan boshlagandi.
Filmni o‘zbek va rus tillarida tomosha qilish uchun chiptalarni xarid qilish mumkin.
“O‘rgimchak odam: yangi kun” 12 kunda 1,67 mlrd dollar yig‘di
“O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi jahon prokatida 1,67 milliard dollardan ortiq mablag‘ yig‘di. Film bu natijaga premyeradan 12 kun o‘tib erishgan.
“O‘rgimchak odam: yangi kun” 2026-yilning eng kassabop filmiga aylandi
Sony va Marvel studiyalarining “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi prokatning atigi yettinchi kunida 2026-yilning eng kassabop kartinasiga aylandi.