“Daredevil: Born Again” seriali uchinchi mavsum bilan yakunlanadi

Disney+ va Marvel “Daredevil: Born Again” (“Qo‘rqmas: Qayta tug‘ilish”) superqahramon serialini uchinchi mavsumdan so‘ng yakunlashga qaror qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi.
Serialning uchinchi mavsumi suratga olish ishlari shu yozda yakunlangan. Post-prodakshn jarayonida shouranner Dario Skardapeyn loyihani tark etgan. Uning o‘rnini kim egallashi hozircha ma’lum emas.
“Born Again” 2025-yilda namoyish etilgan, ikkinchi mavsumi esa 2026-yilda chiqqan. Serial 2015-yilda Netflix’da boshlangan “Daredevil"ning davomi bo‘lib, ko‘zi ojiz advokat Mett Merdok (Charli Koks) haqida hikoya qiladi.
U Daredevil niqobi ostida Nyu-Yorkni jinoyatchilardan himoya qiladi. Qahramonning asosiy raqibi — Nyu-York meri Uilson Fisk (Vinsent D’Onofrio).