Disney+ “Qora plash” multserialini qayta ishga tushiradi

E’lon qilingan sana: · 41
Disney+ “Qora plash” multserialini qayta ishga tushiradi

Disney+ “Qora plash” animatsion multserialining yangi talqinini chiqarmoqda. Bu haqda Variety xabar berdi.

Original multserial 1990-yillarda namoyish etilgan va Qora plash laqabli superqahramon — Kriak Lapchaty haqida hikoya qilgan. Yangi talqinda Qora plash 35 yilni muqobil olamda o‘tkazadi. U yerda uning qahramonliklari haqida hech kim bilmaydi. Qahramon o‘smir yangi hamrohi Daki bilan birlashib, koinotni qutqarishga otlanadi.

Yangi loyihada bosh qahramonga Mark Hamill (“Yulduzlar jangi”) ovoz beradi. Aktyorlar tarkibidan Set Rogen, Lizzi Kaplan, Den Stivens va boshqalar ham o‘rin olgan. Serialning aniq chiqish sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling