“Osmoni falaklarda” filmi “Antares” xalqaro kinofestivalida g‘olib bo‘ldi

E’lon qilingan sana: · 216
“Osmoni falaklarda” filmi “Antares” xalqaro kinofestivalida g‘olib bo‘ldi

Jahongir Qosimov rejissyorligidagi “Osmoni falaklarda” badiiy filmi xalqaro tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Loyiha Moskvada 12−25 sentyabr kunlari o‘tkazilgan “Antares” xalqaro kinofestivalida “Kasb eng yaxshi yoritilgan film” (“Лучшая экранизация профессии”) nominatsiyasida g‘alaba qozondi.

Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “ShB studio” kinostudiyasida suratga olingan.

Afisha.uz avvalroq film premyerasidan reportaj tayyorlagandi. Shuningdek, Milliy kino san’ati saroyida namoyish etilayotgan kinokartina uchun chiptalarni “Kino” boʻlimi orqali xarid qilish mumkin.

Asosiy qurbon kim? “Osmoni falaklarda. Aviaparvozning yagona qurboni” filmi premyera qilindi

Milliy kino san’ati saroyida 21-mart kuni taniqli rejissyor Jahongir Qosimovning “Aviaparvozning yagona qurboni” badiiy filmi premyera qilindi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonovning “Osmoni falaklarda” nomli asari asosida suratga olingan film taqdimotida Afisha.uz muxbiri ham qatnashdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling